Skip to content
Y
yTube.SITE v7.6.5
media / worlds / tools / internet oddities
YouTube / video information

Cho'ntagingda zar bo'lmasa - Melody Mesh | (Official Music Video) 2026

Video information, playback and saved actions.

Cho'ntagingda zar bo'lmasa - Melody Mesh | (Official Music Video) 2026

Description: Cho'ntagingda zar bo'lmasa — Melody Mesh, Qurbon she'ri. Afandi latifasi ruhida yangi o'zbek hikmatli qo'shiq: so'z, to'n va hurmat haqida. Matni pastda 👇

"Kimni ayblay? O'zim ham shu: avval boqdim yoqaga" 🪞

Eski to'nda to'yga kirgan odamning joyi — eshik tagida. Yangi to'nda kirsa — to'rning to'rida. So'z o'sha so'z, faqat to'n boshqa.

"Yegin, to'nim, yegin!" — bobolarimiz bu latifaga asrlar oldin kulgan. Bu qo'shiq — o'sha latifaning bugungi oynasi.

Oxirgi baytda Qurbon so'zning ichidan bir sir topadi. Oxirigacha tinglang.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━
Эски тўнда кирдим тўйга,
Жойим — эшик тагида.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🎵 TINGLASH:
Spotify: https://open.spotify.com/artist/3MMv78EGEixS4wWK6o8u86
Apple Music: https://music.apple.com/gb/artist/melody-mesh/1739847168
YouTube Music: https://music.youtube.com/@Melody_Mesh
Telegram: https://t.me/melodymesh

📜 SO'ZLAR / LYRICS

Cho'ntagingda zar bo'lmasa,
So'zing tengdir bir chaqaga,
Tillo so'zing hech kim olmas,
Hurmat yo'qdir yirtiq yoqaga.

Eski to'nda kirdim to'yga,
Joyim — eshik tagida,
Men gapirdim — kulgi chiqdi,
Qoldim kulgi tagida.

Yangi to'nda kirdim to'yga,
Joyim — to'rning to'rida,
O'sha so'zni aytdim — hamma
Dedi: «To'g'ri, to'g'ri-da!»

Hozir ham shu: to'q gapirsa,
Minglab quloq — bir og'iz,
Yo'q gapirsa — tillo so'zi
Uchib ketar — qolmas iz.

«Yegin, to'nim, yegin, to'nim,
Chaqirilgan — sen, to'nim»,
To'nga ta'zim, to'nga hurmat,
Odam yo'q, to'n bor, jonim.

Kimni ayblay? O'zim ham shu:
Avval boqdim yoqaga,
Keyin so'zga quloq soldim —
So'z ham tushdi chaqaga.

Qurbon bir sir topdi so'zda:
«Til» bor «tillo» boshida,
Cho'ntagi bo'sh odamning ham
Tillosi bor tilida.

📌 IJODKORLAR
So'z va musiqa: Qurbon (Muxriddin Tursunov)
Loyiha: Melody Mesh
Janr: Hikmatli qo'shiq, kesatik

Qurbon (Muxriddin Tursunov) — shoir, yozuvchi, musiqachi. 2013-yildan beri o'zbek, rus, fors, turk va ingliz tillarida she'r va falsafiy asarlar yaratadi.

© 2026 Melody Mesh. Barcha huquqlar himoyalangan.

#ChontagingdaZarBolmasa #MelodyMesh #HikmatliQoshiq #UzbekMusic Close description
      
Videos related to "Cho'ntagingda zar bo'lmasa - Melody Mesh | (Official Music Video) 2026"