Skip to content
Y
yTube.SITE v7.6.8
media / worlds / tools / internet oddities
YouTube / video information

Ham tabiiy, ham xayoliy - Melody Mesh (Official Audio) | 2026

Video information, playback and saved actions.

Ham tabiiy, ham xayoliy - Melody Mesh (Official Audio) | 2026

Description: Ham tabiiy, ham xayoliy — Melody Mesh, Qurbon she'ri. Yangi o'zbek falsafiy qo'shiq: tenglik haqida Volter fikriga javob. Matni pastda 👇

"Hammamiz bir bola edik, nonni teng-teng bo'lib yedik" 🍞

Bola nonni teng bo'ladi — ko'ngli ochiq, qo'li keng. Ulg'ayganda esa dunyo ikkiga bo'linadi: oltin qubba va loydan kulba.

Volter aytgan edi: tenglik — eng tabiiy va ayni paytda eng xayoliy narsa. Bu qo'shiq — o'sha so'zlar qarshisidagi oyna.

Oxirgi baytda Qurbon Volterga o'z javobini aytadi. Oxirigacha tinglang.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━
Бола нонни бўлар — тенг-тенг,
Кўнгли очиқ, қўли ҳам кенг.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🎵 TINGLASH:
Spotify: https://open.spotify.com/artist/3MMv78EGEixS4wWK6o8u86
Apple Music: https://music.apple.com/gb/artist/melody-mesh/1739847168
YouTube Music: https://music.youtube.com/@Melody_Mesh
Telegram: https://t.me/melodymesh

📜 SO'ZLAR / LYRICS

Bola nonni bo'lar — teng-teng,
Ko'ngli ochiq, qo'li ham keng,
Ulg'aysa — ikkiga bo'lar:
Ham tabiiy, ham xayoliy.

Boyning tili — doim buyruq,
Kambag'alda — bo'yinturuq,
Volter dedi: chora yo'qdir,
Ham tabiiy, ham xayoliy.

Boy o'ylaydi: menda bor qul,
O'zi qul-ku — xo'jasi pul,
Buyurgan ham buyruq olar,
Ham tabiiy, ham xayoliy.

Bir tomonda — oltin qubba,
Bir tomonda — loydan kulba,
Sayyoramiz — sho'rpeshona,
Ham tabiiy, ham xayoliy.

Hammamiz bir bola edik,
Nonni teng-teng bo'lib yedik,
Qurbon aytar: xayol emas —
Tabiiy-ku — unutilgan.

📌 IJODKORLAR
So'z va musiqa: Qurbon (Muxriddin Tursunov)
Loyiha: Melody Mesh
Janr: Ijtimoiy-falsafiy qo'shiq

Qurbon (Muxriddin Tursunov) — shoir, yozuvchi, musiqachi. 2013-yildan beri o'zbek, rus, fors, turk va ingliz tillarida she'r va falsafiy asarlar yaratadi.

© 2026 Melody Mesh. Barcha huquqlar himoyalangan.

#HamTabiiyHamXayoliy #MelodyMesh #FalsafiyQoshiq #UzbekMusic Close description
      
Videos related to "Ham tabiiy, ham xayoliy - Melody Mesh (Official Audio) | 2026"

Related videos are temporarily unavailable.

Try again, or come back later.