Skip to content
Y
yTube.SITE v7.6.5
media / worlds / tools / internet oddities
YouTube / video information

Ozoda - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026

Video information, playback and saved actions.

Ozoda - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026

Description: Ozoda — Melody Mesh, Qurbon she'ri. Yangi sevgi qo'shig'i: bir ism uchun butun bir umr savdoga qo'yilgan. Matni pastda 👇

"Ozod emas bu dilim, ozod etmay ozor berdi — Ozoda!" 💔

Irodamni olib ketdi — qaytarmasmish, so'rash ham ziyoda. Otim ketdi, o'zim piyoda qoldim. Bir ism uchun bitta umr savdoda.

U kulsa — kun, u boqsa — tong. Men esa bir so'z ham aytolmay sahroda qoldim. Ko'zi daryo — cho'kib ketdim. Qutqarmadi: «cho'kaver» dedi.

Va oxirida oshiq hamma narsaga rozi: kuydiraver, so'nma, ozor beraver— faqat bir kun kelib tonma.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
Озода — Мелоди Меш (Қурбон шеъри). Севги ҳақида қўшиқ. Янги ўзбек қўшиқлари 2026.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🎵 TINGLASH:
Spotify: https://open.spotify.com/artist/3MMv78EGEixS4wWK6o8u86
Apple Music: https://music.apple.com/gb/artist/melody-mesh/1739847168
YouTube Music: https://music.youtube.com/@Melody_Mesh
Telegram: https://t.me/melodymesh

📜 SO'ZLAR / LYRICS:

Irodamni olib ketdi — Ozoda,
Qaytarmasmish — so'ramoq ham ziyoda,
Otim ketdi — o'zim qoldim piyoda,
Bir ism uchun bitta umrim savdoda.

Ozoda!
Ozoda!
Ozod emas bu dilim,
Ozod etmay ozor berdi — Ozoda!

U kulsa — kun, u boqsa — tong dunyoda,
Men-chi? Men bir so'z aytolmay — sahroda,
Ko'zi daryo — cho'kib ketdim daryoda,
Qutqarmadi — «cho'kkin» dedi — Ozoda.

Ozoda!
Ozoda!
Ozod emas bu dilim,
Ozod etmay ozor berdi — Ozoda!

Ozodajon, yondirasan — so'nmagil,
Kuydiraver, bir kun kelib tonmagil,
Ozod etma, ozor bergin — tinmagil,
Ozor bergin — ozoringga qonmagil.

Ozoda!
Ozoda!
Qurbon ozod bo'lolmas,
Ozod etmay ozor berdi — Ozoda!

📌 IJODKORLAR:
Matn va Musiqa: Qurbon (M. Tursunov)
Loyiha: Melody Mesh
Janr: Lirik / Sevgi qo'shig'i

Qurbon (Muxriddin Tursunov) — shoir, yozuvchi, musiqachi. 2013-yildan beri o'zbek, rus, fors, turk va ingliz tillarida she'r va falsafiy asarlar yaratadi.

🤍 Muallifni qo'llab-quvvatlash (Wise): 4596 6104 2350 6409 — ABROR TURSUNOV

© 2026 Melody Mesh. Barcha huquqlar himoyalangan.

#Ozoda #MelodyMesh #UzbekMusic #SevgiQoshigi Close description
      
Videos related to "Ozoda - Melody Mesh (Official Music Video) | 2026"